
Manba: Xavbek MYu bilan yangi shartnomaga imzo chekdi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich "qizil iblislar" bilan shartnomani uzaytirdi.
Italiyalik jurnalist Janluka Di Martsio xabariga ko‘ra, serbiyalik futbolchi mankunianliklar bilan 2023 yilgacha mo‘ljallangan kelishuvga imzo chekdi.
Ta’kidlanishicha, xavbek uchun A Seriyaning bir qancha klublaridan takliflar bo‘lishiga qaramasdan, u "qizil iblislar" tarkibida qolishga qaror qilgan.
Joriy mavsumda Matich Angliya chempionatida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar