"Manchester derbisi"da to‘liq harakat qilgan Husanovning o‘yini qanday baholandi?
Angliya Premier-ligasi 22-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" — "Manchester Siti" uchrashuvi "qizil iblislar" foydasiga 2:0 hisobida o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur bahsdagi gollar Bryan Mbuemo (65') va Patrik Dorgu (76') tomonidan kiritildi. "Manchester derbisi"da Abduqodir Husanov maydonda to‘liq harakat qildi.
Milliy terma jamoamiz a’zosining "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda nufuzli analitik dasturlar tomonidan qo‘yilgan ballari bilan tanishing.
"Sofascore" - 6.7 ball, "Flashscore" - 6.8 ball, "Whoscored" - 6.8 ball va "FotMob" dasturi Husanovning o‘yini 7.0 ballga loyiq ko‘rdi.
Keyingi turda "shaharliklar" "Vulverxempton"ga qarshi maydonga tushishadi.

Fikrlar