"Manchester Siti" 18 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi

  • 06.07.2021 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyaning “Fluminense” klubi yarim himoyachisi Metino faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, 18 yoshli futbolchi “Manchester Siti” bilan shartnoma imzolaydi. U tez orada yangi jamoasi safida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Angliyaga etib keladi.

Ushbu transfer “shaharliklar”ga 5 mln evroga tushgani aytilmoqda. Ammo shartnomada futbolchining kelajakda ko‘rsatadigan natijalariga qarab alohida bonuslar ham belgilab qo‘yilgan.

Metino yangi mavsumni Frantsiyaning “Trua” klubida ijarada o‘tkazishi kutilmoqda. Aytish kerakki, ushbu klub ham “Manchester Siti”ning egalariga qarashli.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!