"Manchester Siti" Angliya terma jamoasi yarim himoyachisini sotib olmoqchi

  • 13.01.2026 19:12
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida "Nottingem Forest" futbolchisi Elliot Andersonni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida "Transfer News Live" nashri ma'lum qildi.

Manba ma'lumotiga ko'ra. "shaharliklar" allaqachon Elliotning agentlari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. "Siti" chempionlik yo'lida jamoani kuchaytirish maqsadida bir necha kun oldi Antuan Semenyoni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qilgan edi.  

Andersonning hozirda transfer bozoridagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda. Uning "Forest" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshli havbek joriy mavsum "o'rmonchilar" safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol kiritdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan. Yarim himoyachi 2025 yilning sentabrdan oyidan beri Angliya terma jamoasiga doimiy chaqiruv olib kelmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!