
“Manchester Siti” ashaddiy raqib yulduzini oladigan bo‘ldi
Angliya Premer-ligasida to‘rt mavsumdan beri chempionlikni hech kimga bermay kelayotgan “Manchester Siti” tarkibini yanada kuchaytiradigan bo‘ldi.
Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z shogirdlari orasida ashaddiy raqib – “Liverpul”ning qanot hujumchisi Luis Diasni ko‘rmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “shaharliklar” 27 yoshli futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lgae.
El Chiringuito nashri tomonlar besh yillik shartnoma bo‘yicha hamkorlik qiladigan bo‘lganini yozdi.
Endi chempion jamoa futbolchiga egalik qiluvchi “Liverpul”ni transferga ko‘ndirishi kerak. Kolumbiyalik hujumkor o‘yinchi uchun manchesterliklar 70 million evro xarajat qilishga tayyor.
Fikrlar