"Manchester Siti" asosiy himoyachisi bilan yangi shartnoma imzoladi

  • 10 avgust, 2021, 15:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" angliyalik himoyachi Jon Stounz bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, "shaharliklar" futbolchi bilan amaldagi kelishuvni 2026 yilgacha uzaytirdi. Stounz yangi bitimga ko‘ra, haftasiga 250 ming funt maosh oladi. 

Angliya terma jamoasi a’zosi 2020/21 yilgi mavsumda 22ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan. Himoyachi 2016 yil 55 million evro evaziga "Everton"dan "Siti"ga ko‘chib o‘tgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!