
“Manchester Siti” bir futbolchiga chiqish eshigini ochdi
“Manchester Siti” rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Kelvin Fillipsning yanvarda klubni tark etishiga qarshilik qilmaydi. Bu haqda Daily Star nashri xabar berdi.
Avvalroq, 27 yoshli futbolchiga “Yuventus” jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi. Turin klubi mahoartli o‘yinchini mavsum oxiriga qadar ijaraga olmoqchi.
Kelvin Fillips “Manchester Siti”ga o‘tgan yili yozda “Lids”dan ko‘chib o‘tgan edi. U “shaharliklar” safida shu kunga qadar 26 ta uchrashuvda qatnashib, o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.
O‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan futbolchi muhitni o‘zgartirishga qaror qilgan. Transfermarkt portali Angliya terma jamoasi o‘yinchisini 28 million evroga baholamoqda.
Fikrlar