“Manchester Siti”: Bo‘ldi, shu yulduzni olamiz!
Himoyadagi kadrlar muammolari fonida “Manchester Siti” rahbariyati jamoani yangi ijrochilar bilan kuchaytirish masalasiga jiddiy e'tibor qarata boshladi.
“Shaharliklar” bu muammolarni bartaraf etish maqsadida tarkibga Angliya milliy terma jamoasi va “Kristal Pэlas” futbolchisi Mark Gexini qo'shib oladigan bo'ldi.
The Independent nashrining ma'lum qilishicha, “shaharliklar” allaqachon futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.
Tahminlarga ko'ra, 25 yoshli futbolchi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Ammo yanvarda jamoani almashtirishga qaraganda, yozda erkin agent sifatida jamoani tark etishni ma'qul ko'rmoqda.
Bunga sabab sifatida, yozda shartlar moliyaviy jihatdan ancha manfaatli bo'lishi mumkin, chunki transfer bepul amalga oshiriladi.
“Manchester Siti” esa Gexini o'z loyihasiga ishontirishga qat'iy bel bog'lagan. “Kristal Pэlas” ham futbolchini yarim yildan keyin bepul yo'qotmaslik uchun kelishuvga rozi bo'lishi kutilmoqda.
Fikrlar