"Manchester Siti" Bravo o‘rniga London klubi darvozabonini olib kelmoqchi
"Manchester Siti" klubi "Kristal Pelas" darvozaboni Visente Guaitening xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shaharliklar” 23 yoshli ispaniyalik posbonni etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayotgani sabab jamoadan ketmoqchi bo‘lib yurgan chililik darvozabon Klaudio Bravo o‘rniga munosib ko‘rishmoqda.
O‘z navbatida londonliklar u yanvarda boshqa jamoaga ketib qolmasligi uchun u bilan kelishuvni uzaytirishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Guaite joriy mavsum APLda 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va shulardan 4 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.



Fikrlar