“Manchester Siti” chempionlik uchun dahshatli summa oladi

  • 01.06.2023 06:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” Angliya chempionatidagi g‘alabasi uchun 166 million funt atrofida mukofot puli oladi, deb xabar tarqatdi Daily Mail nashri.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, bu summa ichki va xalqaro teletranslyatsiyalar shartnomasidan keladigan ulush, musobaqa jadvalidagi yakuniy  pozitsiyaga ajratiladigan mablag‘, liganing tijoriy daromadlaridan ulush, Buyuk Britaniya televideniesida jonli translyatsiyalarda muntazam ishtiroki uchun beriladigan bonuslardan shakllanadi.

166 million funt Angliya Premer-ligasi tarixida g‘olibga beriladigan rekord darajadagi mukofot puli hisoblanadi. O‘tgan yili Xosep Gvardiola jamoasi chempionatdagi g‘alabasi uchun 153 million evro bilan taqdirlangan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Premer-liganing 20 ta ishtirokchisi mavsumdagi ishtiroki uchun umumiy hisobda 2,7 milliard funt sterling oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!