"Manchester Siti" etakchilaridan biri yaqin 24 soat ichida Saudiya klubiga o‘tadi!

  • 20.07.2023 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" vingeri Riyod Mahrez "Al-Ahli"ga o‘tishga yaqin turibdi.

Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, klublar allaqachon 32 yoshli jazoirlik futbolchining transferi uchun hujjatlarni almashishmoqda va shartnomani hafta oxirigacha yopishmoqchi. Mahrezning o‘zi esa yaqin 24 soat ichida Saudiya klubi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

"Shaharliklar" futbolchi uchun bonuslar bilan birga 35 million evro oladi. Mahrezning o‘zi "Al-Ahli" bilan 2027 yilning iyunigacha shartnoma imzolaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!