"Manchester Siti" Fernandes uchun rekord summa tikadi

  • 26.08.2026 10:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» yarim himoyachisi Enzo Fernandez yozgi transfer oynasi yopilishi arafasida «Manchester Siti» safiga o‘tishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «shaharliklar» argentinalik futbolchi bo‘yicha rasmiy taklifni yaqin kunlarda yo‘llashni rejalashtirmoqda. 

Mashhur insayder Gaston Edul xabariga ko‘ra, «Siti» 25 yoshli havbek uchun taxminan 130 million funt sterling (152 million yevro atrofida) taklif qilishga tayyor. Agar bitim shu shartlarda amalga oshsa, u ingliz futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi.

Hozircha Premier-ligada eng yirik transfer sifatida «Nyukasl»dan «Liverpul»ga 145 million yevro evaziga o‘tgan Aleksandr Isak qayd etilgan.

Shuningdek, Enzo Fernandez «Manchester Siti»ga o‘tishga rozi bo‘lsa, hozirgi maoshiga nisbatan ancha yuqori ish haqi olishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!