"Manchester Siti" futbolchisidan tezroq voz kechmoqchi

  • 22 aprel, 16:26
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" rahbariyati portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silva bo‘yicha rejalarini belgilab oldi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri ma’lum qilmoqda.

Manbaning xabar berishicha, "shaharliklar" futbolchini kelgusi mavsumda o‘z rejalariga kiritmayotganligi haqida ogohlantirgan. 30 yoshli yarim himoyachining shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi. Ingliz klubi kelasi yili yozda Silvani bepulga ketib qolishini oldini olish uchun uni shu yilning yozida sotishi mumkin.

Avvalroq, OAVda xavbekka Lissabonning "Benfika" klubi qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Silva 2017 yilning yozidan beri "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining transfer narxi 45 million evroga baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!