"Manchester Siti" himoyachisiga APLdan taklif bor

  • 25 iyun, 2023, 23:50
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" futbolchisi Emerik Lyaport mazkur yozda jamoani tark etishi kutilyapti. Uning keyingi manzili hozircha noma’lum.

"Football Insider" nashri xabar berishicha, ispaniyalik himoyachiga "Aston Villa" qiziqmoqda. Uni Unai Emeri o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Lyaport faoliyatini Ispaniyada davom ettirish ehtimoli bor. Futbolchini "Barsa", "Atletiko" va "Atletik" kuzatib bormoqda.

Ta’kidlash joiz, 29 yoshli himoyachining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda o‘z nihoyasiga etadi. So‘nggi paytlarda Gvardiola uning hizmatlaridan kam foydalanmoqda. Yakuniga etgan mavsumda Lyaport 24 ta o‘yinda maydonga tushgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!