"Manchester Siti" himoyachisiga uchta klub qiziqish bildirmoqda

  • 24 aprel, 2023, 23:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Emerik Lyaport tez orada klubini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

Ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda "shaharliklar"ning asosiy tarkibiga kira olmayapti. Jurnalist Serxio Fernandes xabariga ko‘ra, 28 yoshli himoyachiga "Nyukasl", "Yuventus" va "Milan" klublari qiziqish bildirmoqda.

Agar taklif tushsa, markaziy himoyachining o‘zi "Barselona"ga o‘tishni afzal ko‘radi. "Atletik" Bilbao ham shogirdini qaytarish haqida o‘ylamoqda.

Laportning hozirgi qiymati "Transfermarkt" ekspertlari tomonidan 30 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!