"Manchester Siti" hujumchisiga APLning ikkita klubi qiziqish bildirmoqda

  • 06.01.2026 15:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" hujumchisi Omar Marmushni APLning ikki jamoasi oʻz safiga qoʻshib olish uchun harakat qilmoqda.

"TEAMtalk" nashri bergan maʼlumotga koʻra, APL peshqadamlaridan biri boʻlgan "Aston Villa" jamoasi misrlik futbolchi yordamida hujum chizigʻini kuchaytirishi reja qilgan. Bundan tashqari, Marmushning xizmatlariga "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda. "Shaharliklar" esa mavsum oʻrtasida forvardni sotish niyatida emas. 

26 yoshli futbolchining hozirda transfer bozoridagi narxi 65 million yevroga baholanmoqda. Uning "Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi.   

Eslatib oʻtamiz, misrlik hujumchi joriy mavsum Gvardiola qoʻl ostida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!