“Manchester Siti” Husanov o‘ynaydigan qanotga yangi himoyachi topdi

  • 12.01.2026 11:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” rahbariyati jamoaning oʻng qanot himoyasiga baribir yangi ijrochi olish kerak, degan xulosaga qaytdi. Ayni paytda klub skautlar bir necha nomzodni kuzatuv ostiga olgan.

Xususan, “Brentford” ning oʻng qanot himoyachisi Mikael Kayode ham “shaharliklar” nishonida turibdi. Manchesterliklar 21 yoshli futbolchining himoyadagi xotirjamligi va hujumga qoʻshilish mahoratidan juda katta taassurot olgan. Bu haqida Caught Offside xabar berdi.

Manbaga koʻra, italyalik oʻyinchiga “Bavariya”, “Yuventus” va “Inter” ham qiziqish bildirmoqda. Agar qishki transfer oynasida rasmiy taklif tushsa, “Brentford” Kayode uchun 35–40 million yevro talab qiladi.

Taʼkidlanishicha, kelasi yozda himoyachining narxi yana oshib ketishi mumkin.

Joriy mavsumda Kayode barcha musobaqalarda 25 ta oʻyin oʻtkazdi. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil qilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!