"Manchester Siti" ingliz futboli tarixiga kirdi

  • 18 may, 2019, 23:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Uembli" stadionida kechgan uchrashuvda "Manchester Siti" "Uotford" darvozasiga javobsiz 6 ta to‘p kiritdi. Gollarga David Silva, Rahim Sterling (3 ta), Kevin De Bryuyne va Gabriel Jezuslar mualliflik qilishdi.

Shu tariqa "shaharliklar" o‘z tarixlarida oltinchi bor billur sovrinni o‘ziniki qildi. Shuningdek, "Siti" APL, Angliya kubogi va Liga kubogini qo‘lga kiritib, Angliya tarixida ilk bor mahalliy miqyosda "oltin trebl"ni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!