
"Manchester Siti" "Liverpul"ni mag‘lub qilib, keyingi bosqichga yo‘l oldi
Anglya Liga kubogining 1/8 bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Liverpul" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.
Keskin kurashlarga boy o‘tgan o‘yinning 10-daqiqasida Erling Holand hisobni ochgan bo‘lsa, 20-daqiqada Karvalyu hisobni tenglashtirdi. 47-daqiqada Mahrez "shaharliklar"ni yana oldinga olib chiqdi. Oradan 1 daqiqa o‘tar-o‘tmas Muhammad Saloh gol urib, hisobni 2:2 ko‘rinishiga olib keldi. 58-daqiqada De Bryunening pasidan so‘ng Natan Ake boshi bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Ushbu gol "Manchester Siti"ning g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, "shaharliklar" Mersisayd klubini 3:2 hisobida mag‘lub qilib, chorak finalga yo‘l oldi.
Fikrlar