“Manchester Siti” muhim futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
“Manchester Siti” rahbariyati jamoaning etakchilaridan biri hisoblangan Fil Fodenga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Daily Mail xabariga ko‘ra, “shaharliklar” yaqin kunlarda 25 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishib olishni maqsad qilgan. Uning klub bilan tuzgan bitimi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Foden ham “Siti” safida qolishga qarshi emas.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Fil APL doirasida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 1 ta assist amalga oshirgan. Uning Transfermarkt portalidagi bahosi 80 million evro etib belgilangan.



Fikrlar