"Manchester Siti" muxlislari uchun xushxabar!

  • 21 dekabr, 2019, 10:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounz va hujumchisi Serxio Aguero bugun "Lester"ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda maydonga tushishga tayyor.

The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra har ikkala futbolchi ham jarohatidan forig‘ bo‘lgan va shifokorlar ularning maydonga tushishlariga ruhsat bergan.

Ma’lumot uchun, Stounz joriy mavsum 12 ta o‘yinda ishtirok etdi. Aguero esa 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” – “Lester” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!