«Manchester Siti» «Palmeyras» hujumchisi uchun taxminan 40 million yevro toʻlaydi

  • 25.08.2026 13:27
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» rahbariyati «Palmeiras» jamoasining yosh braziliyalik hujumchisi Allan Elias bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi.

 

The Athletic nashri xabar berishicha, 22 yoshli futbolchi yaqin kunlarda Manchester klubiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, «shaharliklar» Allan uchun bonuslarini ham hisobga olgan holda taxminan 40 million yevro to‘ladi. Shu bilan birga, «Manchester Siti» hali hujumchi bilan shartnoma muddati bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, yozgi mavsumda «Manchester Siti» bosh murabbiyi lavozimiga Enco Mareska tayinlangan edi. Yangi mavsumning ilk turida APL doirasida «shaharliklar» italyanlik mutaxassis qo‘l ostida safarda «Bornmut» ustidan 2:1 hisobida irodaviy g‘alabaga erishdi. Ikkinchi turda esa «Siti» «Kristal Pэlas»ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!