"Manchester Siti" posboni jamoani tark etishi mumkin

  • 07.01.2026 11:58
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Shtefan Oretaga "Manchester Siti" tark etish haqida o‘ylamoqda. Bu haqida "The Atletic" nashri ma’lum qildi. 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, darvozabon nomi oshkor etilmagan klub bilan dastlabki muzokaralarni olib bormoqda. Yozda posbonning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi yakunlandi. Ammo "Siti" munosib taklif tushsa Orteganing shu transfer oynasidayoq qo‘yib yuborishga tayyor. Aks holda futbolchi yozda erkin agent sifatida istalgan jamoasiga o‘tib ketishi mumkin.

Shtefanning hozirda transfer bozoridagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda. 

Ma’lumot uchun, 33 yoshli darvozabon shaharliklar safida 2022 yildan beri harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida futbolchi 56 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 25 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!