
“Manchester Siti” qamalishi mumkin bo‘lgan futbolchi o‘rniga boshqasini tanladi
“Manchester Siti” yozda katta transferni amalga oshirmoqchi. “Shaharliklar” ayni paytda “Milan” sharafini himoya qilayotgan Teo Ernandesni Angliya premer-ligasiga olib kelishni istayapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” himoyachisi Benjamin Mendi uzoq muddatga qamalishi mumkin. 23 yoshli Ernandes esa aynan uning pozitsiyasi – chap qanot himoyasida ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. Gvardiola uning o‘yin sifatini yuqori baholagani bois klub xo‘jayinlaridan bu transferni amalga oshirishni so‘ragan.
Teoning milanliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha tuzilgan va uning transferi 50 million evroga baholanmoqda. Futbolchiga PSJ ham jiddiy qiziqish bildiryapti.
Fikrlar