"Manchester Siti" Rays uchun kurashga qo‘shildi!

  • 22 iyun, 2023, 16:49
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vest Xem" futbolchisi Deklan Rays ushbu yozning eng katta transferlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. "Arsenal" uzoq vaqtlar beri yarim himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga urinmoqda. Ammo klubning yuborgan ikkala taklifini ham "bolg‘achilar" rad qildi.

Tecno

"The Athletic" nashri xabar berishicha, "Manchester Siti" Rays uchun kurashga qo‘shildi va tez orada ilk taklifni jo‘natadi.  "Shaharliklar" 24 yoshli ingliz uchun 75+15 million funt to‘lamoqchi.

Fabritsio Romano esa Deklanni "Manchester Siti"ga o‘tishga qarshi emasligini ma’lum qildi. Shuningdek, kurashdan "Arsenal" chiqib ketmagan. Faqatgina "Vest Xem" bilan kelishib olinsa bo‘lgan, Raysning keyingi manzili aniq bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!