"Manchester Siti" Uokerning o‘rnini "Bavariya" himoyachisi bilan to‘ldirmoqchi

  • 15 iyul, 2023, 00:57
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" vakili Kayl Uoker "Bavariya"ga o‘tishga yaqin turibdi. Futbolchining o‘zi bu transferga rozi bo‘lgan. Ammo hozirchalik klublar o‘zaro kelisha olgani yo‘q. Agarda himoyachi Germaniyaga yo‘l oladigan bo‘lsa, "shaharliklar" uning o‘rniga o‘yinchi topib qo‘ydi. 

Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Siti" "Bavariya"dan Benjamin Pavarni sotib olish haqda o‘ylamoqda. Frantsuz ham ushbu yozda jamoasini o‘zgartirmoqchi edi. 

Pavarga "Siti"dan tashqari yana bir nechta klublar qiziqmoqda. Ular orasida "Inter" favorit edi. Avvalroq, "Barsa" ham himoyachini qo‘lga kiritishga urinib ko‘rgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!