
"Manchester Siti" yana himoyachi sotib olmoqchi
"Manchester Siti" yozgi transferlar oynasida tarkibga yana bitta himoyachi qo‘shib olish niyatida. Bu haqda "TBR Football" nashri ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, "shaharliklar" qishki transferlar oynasida klubni tark etgan Kayl Uokerning o‘rnini to‘ldirish uchun "Tottenxem a’zosi Pedro Porroni transfer qilmoqchi. Porroning himoyadan tashqari hujumda ham faol o‘ynashi Gvardiolaga manzur kelgan va murabbiy futbolchini olib kelinishiga qarshi emas. Pedroni "shporlar" rahbariyati 58 million evroga qo‘yib yuborishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 38 yoshli futbolchi joriy mavsumda jami 31 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Ayni paytda uning "Transfermarkt" portalidagi bahosi 45 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar