“Manchester Siti” yangi to‘purar uchun to‘rtta grand bilan raqobatlashmoqda
Ispaniya chempionatida “Levante” sharafini himoya qilayotgan Karl Eduard Etta Eyong joriy mavsum to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilayotganidan beri uning xaridorlari ko‘payib bormoqda.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, 22 yoshli hujumchini Ispaniya chempionatining o‘zidan “Real” va “Barselona” olishga harakat qilyapti.
Angliya Premer-ligasi grandlaridan “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” hamning kamerunlik o‘yinchini jamoaga qo‘shib olish istagini bildirgan.
Xaridorlarning barchasi Eyongni yanvarda transfer qilmoqchi. Biroq o‘yinchining o‘zi mavsumni “Levante”da yakunlab, boshqa klubga o‘tish masalasini 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin hal qilmoqchi.
Transfermarkt portali yangi avlod hujumchisini 20 million evroga baholamoqda. Biroq ekspertlarning ta’kidlashicha, agar Eyong to‘purarlik mahoratini namoyish etishdan to‘xtamasa, mavsum oxiriga borib uning transferi bir necha baravar oshadi.



Fikrlar