“Manchester Siti” yanvarda 74 million evroga zo‘r hujumchi oladi
“Manchester Siti” mutasaddilari qishki transfer oynasi davrida jamoaning hujum chizig‘ini mahoratli to‘purar bilan kuchaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqyapti.
The Times nashrining xabar berishicha, klub yanvar oyida “Bornmut”ning 25 yoshli forvardi Antuan Semenoni transfer qilishga tayyorgarlik ko‘ryapti.
Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” hujumchining shartnomasida ko‘rsatilgan maxsus bandni faollashtirishi mumkin. Bu holda klub uning transferi uchun taxminan 74 million evro to‘laydi.
Semeno 2023 yilning yanvaridan beri “Bornmut” safida to‘p surmoqda. Bu klub mahoratli hujumchini “Bristol Siti”dan 10 million evroga transfer qilgan edi. Semeno joriy mavsumda 12 o‘yinda 6 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi.



Fikrlar