"Manchester Siti" yarim ximoyachisi "Aston Villa"ga o‘tdi

"Aston Villa" klubi "Manchester Siti" yarim ximoyachisi Duglas Luis bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Xozirda transfer tafsilotlari oshkor etilmadi. Bu holatda, "Aston Villa" futbolchining Angliyada ishlash uchun ruxsat olishi kerakligi aniqlandi.

21 yoshli braziliyalik futbolchi shaxarliklar safiga 2017 yilda "Vasko da Gama" klubidan kelgan. Inglizlarning birorta o‘yinida maydonga tushmagan.

O‘tgan 2 mavsumni ijara asosida "Jirona" jamoasida o‘tkazdi va 46 bahsda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!