“Manchester Siti” yaxshi futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi

  • 18 oktabr, 2023, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” mutasaddilari jamoa yarim himoyachisi Kelvin Fillips kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.

Football Insider nashrining ma’lum qilishicha, “shaharliklar” 27 yoshli tayanch yarim himoyachini qishki transferlar oynasi ochilishi bilan sotib yuboradi.  

Fillipsning o‘zi ham etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani uchun boshqa jamoaga ketishga qarshi emas.

Kelvin “Siti” zaxirasida o‘tirib qolsa, Angliya terma jamoasidagi joyini yo‘qotib qo‘yishda xavotirga tushyapti. Yarim himoyachi “Evro-2024”da o‘ynamoqchi.

Kelvin Fillipsning manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!