
"Manchester Siti" yosh yarim himoyachi transferini e’lon qildi
"Manchester Siti" o‘zining rasmiy saytida yangi transfer haqida e’lon qildi. Jamoa tarkibini yarim himoyachi Sverre Nyupan to‘ldirdi. 18 yoshli norvegiyalik "shaharliklar" safiga "Rusenborg"dan ko‘chib o‘tgan. Nyupan Angliya Premer-ligasining top-klubi bilan 5 yillik mehnat shartnomasini imzoladi.
Sverre Nyupan Norvegiyaning yoshlar va o‘smirlar terma jamoalarida ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazgan. Nufuzli "Transfermarkt" portali futbolchini 15 million evroga baholamoqda.
Yangi Angliya chempionati boshlanishiga bir oycha vaqt qoldi. "Manchester Siti" 1-turda "Vulverhempton" mehmoni bo‘ladi. O‘yin 16 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar