“Manchester Siti” yulduzi yangi jamoaga transfer oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tdi
“Manchester Siti” markaziy yarim himoyachisi Niko Gonsales “Nyukasl”ga o‘tish oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Bu haqida Sky Sports xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, transfer haqida rasmiy e'lon yaqin 24 soat ichida qilinishiga umid bor.
Transfer summasi 58,5 million yevroni tashkil qilishi xabar qilinmoqda.
Gonsales 2025 yil fevral oyidan buyon “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda. Asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Niko Gonsales Angliyaga “Portu”dan ko‘chib o‘tgan.
O‘tgan mavsumda 24 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urgan.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar