"Manchester Siti" Zinchenkoni A Seriya klubiga berib yubormoqchi

  • 8 iyun, 2022, 15:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" "Inter" himoyachisi Milan Shkrinyarni sotib olmoqchi, deya xabar bermoqda Inter Live.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Shkrinyarning 70-80 million evrolik narxi transferning amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Shu munosabat bilan «Manchester Siti» Shkrinyarning transferiga qo‘shimcha ravishda o‘zining ukrainalik himoyachisi Aleksandr Zinchenkoni «Inter»ga berishga tayyor. Bundan tashqari “shaharliklar” “neradzurrilar”ga yana qo‘shimcha 30 million evro taklif qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Shkrinyar o‘tgan mavsum “Inter” safida jami 47 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urdi. Uning shartnomasi keyingi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!