"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi "Roma" murabbiylariga ma’qul kelmadi
"Manchester Siti" klubi sobiq yarim himoyachisi Jek Roduellning "Roma"ga ko‘chib o‘tishi barbod bo‘ldi.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli angliyalik futbolchi bir necha kunlik ko‘rikdan so‘ng “bo‘rilar” murabbiylariga ma’qul kelmagan.
Ta’kidlash kerakki, Roduell erkin agent hisoblanar edi. Shu bois u “Roma”ga tekinga tushishi mumkin edi.
Ma’ulumot uchun, Roduell "Siti"dan tashqari shuningdek "Everton", "Sanderlend" va "Blekbern Rovers" kabi jamoalarda ham o‘ynagan.

Fikrlar