"Manchester Siti"ning yangi mavsum libosi namoyish qilindi (FOTO)

  • 14.07.2021 19:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" kelasi mavsum uchun yangi uy liboslarini namoyish etdi.

Yangi to‘plam an’anaviy ko‘k rangda va oq qo‘shimchalar bilan tayyorlangan. Ushbu libosda argentinalik hujumchi Serxio Agueroning 2011/12-yilgi mavsumda "Kuinz Park Reyndjers"ga qarshi so‘nggi turda 93:20 daqiqada urgan goli vaqti aks etgan. Aytish kerakki, o‘sha gol "Manchester Siti"ga o‘z tarixidagi ilk bor APL chempionligini taqdim etgan.

“Manchester Siti”ning texnik hamkori Germaniyaning Puma kompaniyasi hisoblanadi.

keza_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!