
"Manchester Siti"ning zaxirasidagi himoyachisiga Turkiya grandi qiziqish bildirmoqda
Turkiya matbuoti tarqatgan xabarlarga ko‘ra, "Galatasaray" klubi "Manchester Siti" himoyachisi Manuel Akanjining maosh borasidagi talablarini so‘rab so‘rov yuborgan. Bu haqida esa "City Xtra" xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Istanbul grandi shveytsariyalik markaziy himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda, ammo bu transferning amalga oshishi uchun Akanji maoshini qisqartirishga to‘g‘ri keladi.
Hozircha futbolchi bilan muzokaralar boshlanmagan, ammo agar u maoshini pasaytirishga rozi bo‘lsa, "Galatasaray" "shaharliklar"ga rasmiy taklif yuboradi.
Manuelning "Siti"da raqobat kundan-kunga oshib borayotgani sabab, kelajagi hali hamon noma’lumligicha qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli fulbek manchesterliklar safida umumiy 136 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol hamda 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Uning klub bilan shartnomasi esa 2027 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar