
"Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Liverpul" jahon chempioniga qiziqish bildirmoqda
"TyC Sports Sesar" nashri xabariga ko‘ra, "Brayton" yarim himoyachisi Aleksis Makallister yozda klub ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirmoqda. "Brayton" allaqachon potentsial xaridorlar bilan muzokaralarga kirishgan.
Argentinalik xavbekning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. "Transfermarkt" portali jahon chempionini 42 million evroga baholamoqda.
Premer-liganing joriy mavsumida Aleksis 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar