
"Manchester Yunayted" 2 yulduz transferi uchun 6 futbolchisini "qurbon qilmoqchi"
"Manchester Yunayted" rahbariyati yangi transferlar yo‘lida eski futbolchilar bilan xayrlashmoqchi.
"Mirror" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Manchesterni Aleks Telles, Donni van de Bek, Erik Bayi, Antoni Marsyal, Xarri Maguayr hamda Skott MakTominey tark etadi. Ular joriy mavsum deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Telles esa ijara asosida "Sevilya" sharafini himoya qilmoqda.
Ularning transferidan tushgan mablag‘ni mankuniyanliklar Xarri Keyn va Deklan Raysni olib kelish uchun safrlashni maqsad qilgan. Ayni paytda "Transfermarkt" portali Keynni 90, Raysni 80 million evroga baholamoqda.
Ten Xag shogirdlari ayni paytda 42 ochko bilan APL turnir jadvalida 3-pog‘onani band etgan.
Fikrlar