“Manchester Yunayted” Amorimga arzon futbolchi olib berdi

  • 21.12.2024 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ruben Amorim yangi bosh murabbiy bo‘lib kelganidan keyin “Manchester Yunayted” birinchi transferni amalga oshirdi.

Paragvaylik himoyachi Diego Leon endi faoliyatini manchesterliklar safida davom ettiradi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Diego Leon “Manchester Yunayted”ga kelasi ylning yozida 18 yoshga to‘lganidan keyin ko‘chib ztadi.

Yosh iqtidor egasining transferi uchun manchesterliklar “Serro Porteno” jamoasi hisob-raqamiga 4 million evro o‘tkazib bergan. Bundan tashqari, futbolchining natijalari asosida bonuslar to‘lab borlishi ham ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!