“Manchester Yunayted” Antoni Marsyalni “Sevilya”ga ijaraga bermaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Antoni Marsyal qishki transfer oynasi davomida mankunianlar safini tark etmaydi. Bu haqda  Daily Mail xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Sevilya” sport direktori Ramon Monchi 21 yoshli futbolchining agenti bilan muzokaralar o‘tkazdi. Biroq “MYu” rahbariyati frantsiyalik futbolchi ijaraga berilmasligini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, “Vest Xem” jamoasi ham Marsyalga qiziqqandi. Bundan tashqari “bolg‘alar” Markus Reshfordni ham ko‘z ostiga olib qo‘ygandi. Biroq “MYu” ularga ham rad javobini berdi.

Ma’lumot o‘rnida, Antoni Marsyal joriy mavsumda APLning 11 o‘yinida 1 ta gol kiritgan. Markus Reshford 14 uchrashuvda 3 ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!