
“Manchester Yunayted” hali birorta gol urolmagan hujumchini olyapti
“Manchester Yunayted” hujumchilarining samaradorligi tushib ketgani bosh murabbiy Erik ten Xagni islohotlarni amalga oshirishga majbur qilmoqda.
Murabbiylar shtabi rahbariyatdan yangi hujumchi olishni so‘ragan. Ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar anchadan beri “Real Sosedad” hujumchisi Umar Sodiqni kuzatyapti.
26 yoshli nigeriyalik futbolchi joriy mavsumda 12 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa-da, hali chempionatdagi gollari hisobini ochgani yo‘q.
Todofichajes nashri manchesterliklar bu futbolchi jamoaga yordam berishiga ishonayotgani haqida yozdi. Ular bu transferni yanvarda rasmiylashtirmoqchi.
Umar Sodiqning transferi 16 million evroga baholanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha tuzilgan.
Fikrlar