“Manchester Yunayted” bu gal shoshilmaydi!

  • 5 aprel, 2021, 17:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda “Borussiya” etakchisi Jeydon Sanchoni transfer qilishga juda yaqin kelgan “Manchester Yunayted” rahbariyati bu gal shoshilmoqchi emas. O‘tgan yili dortmundliklar ingliz futbolchining narxini 108 million funtga baholab, manchesterliklarning shu summani bo‘lib to‘lash taklifini qabul qilmagan edi.

Tecno

“Manchester Yunayted” xo‘jayinlari ayni paytda “Borussiya” o‘z pozitsiyasini o‘zgartiradi, degan fikrda. Shu bois, manchesterliklar mavsum yakunlanishini kutadi. Futbolchining shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydi va uni o‘z vaqtida sotib yubormaslik, dortmundliklarning zarariga ishlashi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Yunayted” bu gal futbolchi uchun 50 million funt ajratgan. Bu transferning amalga oshishida asosiy omil Sanchoning Angliyaga qaytish istagi bo‘lishi kerak. Sulsher jamoasi agar Jeydon shuni istasa, dortmundliklarni taklif qilinayotgan narxga uni qo‘yib yuborishga ko‘ndirishiga ishonmoqda.

Shuningdek, Bundesligada beshinchi o‘rinni egallab turgan “Borussiya” mavsum oxirida Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qolsa, “Manchester Yunayted”ning ishi osonlashadi.

Sancho joriy mavsumda Germaniya chempionatida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!