"Manchester Yunayted" bu hujumchini sotib olmaydigan bo‘ldi

  • 10 avgust, 2022, 13:44
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” “Bolonya” hujumchisi Marko Arnautovich transferi bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, italyan klubi 33 yoshli avstriyalik futbolchi uchun 13-14 million evro atrofida talab qilmoqda. “Manchester Yunayted” hujumchi sotib olish borasida muzokara olib bordi, biroq keyinchalik muxlislarning noroziligi tufayli bu fikrdan voz kechdi.

"Manchester Yunayted" Arnautovichni sotib olmaydi, klub muzokaralarga qaytishni rejalashtirmayapti.

O‘tgan mavsumda Arnautovich "Bolonya" safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 15 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. “Transfermarkt” portali hujumchini 6 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!