
"Manchester Yunayted" erkin agent futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi
"Manchester Yunayted" yangi o‘ng qanot vingeri izlamoqda. Sababi, Jeydon Sanchoning endilikda maydondagi daqiqalari juda ham kamayib ketishi va Antonining vaqtincha o‘yinlarda ishtirok eta olmasligidadir.
"Qizil iblislar" erkin agentga aylangan futbolchilar bilan muzokaralar o‘tkazishni reja qilgan. Ulardan biri sobiq "Aston Villa" futbolchisi El Gazi.
Niderlandiyalik vinger so‘nggi bor PSVda o‘ynadi. Ayni paytda uning klubi yo‘q va faoliyatini qaerda davom ettirish borasida hali so‘nggi qarorni qabul qilmagan.
Fikrlar