
"Manchester Yunayted" e’tiborini boshqa yarim himoyachiga qaratdi
"Manchester Yunayted" yozgi transferlar oynasida bitta yarim himoyachi sotib olishni rejalashtirgan. Kelishi mumkin bo‘lgan futbolchilar orasida Meyson Maunt favoritlar qatorida edi. Ammo "Chelsi" "qizil iblislar"ning 3 ta taklifini ham rad qildi. Endilikda MYu bor e’tiborini boshqa yarim himoyachiga qaratdi, deya xabar bermoqda "Times Sport" nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, Ten Xag rahbariyatdan "Brayton" vakili Moyses Kaysedoni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni so‘ragan. Ekvadorlik futbolchining narxi Mauntinikiga qaraganda biroz qimmatroq bo‘ladi, lekin u 24 yolshli inglizdan yoshroq va potensiali yuqoridir.
Fabritsio Romano esa vaziyat boshqaroq ekanligi aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kaysedo "Chelsi"ga o‘tishga qaror qilgan. Tez orada "aristokratlar" taklif bilan chiqadi. Unga "Arsenal" ham qiziqmoqda, biroq "kanonirlar" ayni dam boshqa transferlar bilan band.
Fikrlar