"Manchester Yunayted" Fernandesni sotib "soqqa" qilmoqchimi?
"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh yaqin transfer oynasida klubini oʻzgartirishi kutilmayapti.
Jurnalist Samuél Lakhyorst maʼlumotiga koʻra, "qizil iblislar" rahbariyati portugaliyalik yarim himoyachiga uni yozda hech qanday holatda sotmasligini aniq bildirgan.
Mankunianlar rahbarlari Fernandeshni loyihaning muhim figurasi deb hisoblamoqda va jamoani uning atrofida qurishga tayyor.
Klubdagilar 31 yoshli futbolchining joriy mavsumdagi oʻyinlaridan juda mamnun. Brunu Premier-ligada assistlar boʻyicha rekord sari intilmoqda — uning hisobida chempionatning 30 uchrashuvida 18 ta golli uzatma bor. Shuningdek, yarim himoyachi 8 bor raqiblar darvozasini ishgʻol qildi.
Fernandeshning amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar moʻljallangan boʻlib, yana bir yilga avtomatik uzaytirish imkonini ham oʻz ichiga oladi.

Fikrlar