
"Manchester Yunayted" futbolchisi Shomurodovning jamoadoshiga aylanishi mumkin
"Manchester Yunayted" tayanch yarim himoyachisi Kazemiro faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Sky Sport Italia" xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" braziliyalik futbolchini Italiya klubiga joriy mavsum oxirigacha ijaraga berishga tayyor. Ta’kidlanishicha, "Manchester Yunayted" 32 yoshli futbolchining to‘liq transferini amalga oshirishni istaydi, ammo hozircha "Roma" bilan bunday muzokaralar olib borilmagan.
Joriy mavsumda Kazemiro barcha turnirlar doirasida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi. Futbolchining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining narxi 12 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar