“Manchester Yunayted” Harri Keyndan voz kechgani sababi oshkor bo‘ldi

  • 15 mart, 2023, 19:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” tarixidagi eng zo‘r to‘purar Harri Keyn sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan kuchli jamoaga o‘tmoqchi. Shu bois, angliyalik forvard jamoasi bilan yangi bitim imzolashga shoshilmayapti.

Keynga asosiy da’vogar sifatida “Manchester Yunayted” tilga olinayotgan edi. Biroq, manchesterliklar Keynning transferidan voz kechib, bor e’tiborini “Napoli” vakili Viktor Osimxen va “Yuventus” o‘yinchisi Dushan Vlaxovichga qaratadigan bo‘ldi.

ESPN nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted” mutasaddilari “Tottenxem” prezidenti Daniel Levi bilan bo‘ladigan yoqimsiz muzokaraga kirishmaslik uchun ham tajribali to‘purardan yuz o‘girgan.

Ilgari manchesterliklarning Dimitar Berbatov transferi bo‘yicha “Tottenem” bilan muzokarali Daniel Levining xarakteri tufayli juda qiyin bo‘lgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!