"Manchester Yunayted" himoyachisiga Saudiyaning bir nechta klubi qiziqmoqda

  • 22 iyul, 2023, 23:05
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" himoyachisi Erik Bayi klubni tark etish arafasida turibdi. U Erik Ten Xag rejalaridan joy olmagan. 

Fabritsio Romano xabar berishicha, Bayiga Saudiyaning bir nechta klublari qiziqmoqda. "An-Nasr" va "Al-Ittifoq" futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Shuningdek, kurashda "Fulxem" ham bor. 

Eslatib o‘tamiz, Bayi yakuniga etgan mavsumni ijara asosida "Marsel" tarkibida o‘tkazdi. 29 yoshli himoyachining MYu bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!